Jamiyat | 11:14 / 28.04.2017
5308
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda meva-sabzavot eksporti bo‘yicha mintaqaviy forum o‘z ishini boshladi

Foto: O‘zA

27 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Meva-sabzavot mahsuloti eksportini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish” mavzusida mintaqaviy forum o‘z ishini boshladi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu xalqaro tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, xorijiy xaridorlar uchun O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar salohiyatini ochib berish va mahalliy mahsulotni eksport qilish uchun o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdan iborat.

Mintaqaviy forum jahon bozorida mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish yo‘li orqali mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid