Mevalar Yer yuzida eng köp işlab çiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Ular tarkibida köp miqdorda suv, vitaminlar, minerallar va kletçatka mavjud bölib, inson salomatligi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Banan — 135 million tonna

Banan dunyoda eng köp yetiştiriladigan meva bölib, uning yillik hajmi taxminan 135 million tonnani taşkil qiladi. Banan ilk bor Yangi Gvineyada miloddan avvalgi 8000–5000 yillarda madaniylaştirilgan. Bugungi kunda Hindiston jahon banan hosilining qariyb çorak qismini yetiştirib, yetakçilik qilmoqda. Undan keyin Xitoy va Filippin keladi.

Bananning maşhurligi uning qulayligi bilan izohlanadi: özining tabiiy qobiğiga ega, yuviş talab etmaydi va taşiş uçun juda qulay. Şuningdek, u kaliy, V6 va S vitaminlari hamda magniyning boy manbai hisoblanadi.

Tarvuz — 100 million tonna

Yillik yetiştiriş hajmi 100 million tonnaga yaqin bölgan tarvuz ikkinçi örinni egallaydi. Uning vatani Şimoli-Şarqiy Afrika hisoblanadi. Qadimgi Misr qabrlaridan, hatto Tutanxamon maqbarasidan ham tarvuz uruğlari topilgan.

Hozirgi kunda Xitoy yiliga qariyb 60 million tonna tarvuz yetiştirib, jahon hosilining yarmidan köproğini ta’minlaydi. Tarvuz nafaqat yangi holda, balki turli içimliklar tayyorlaşda ham keng qöllanadi.

Olma — 96 million tonna

Olma Markaziy Osiyo toğlaridan kelib çiqqan bölib, uning yovvoyi ajdodi hozir ham Qozoğiston janubida uçraydi. Buyuk Ipak yöli orqali butun dunyoga tarqalgan olma bugun ham eng maşhur mevalardan biri bölib qolmoqda.

Dunyodagi olma hosilining deyarli yarmi Xitoy hissasiga töğri keladi. AQŞ va Polşa ham yirik işlab çiqaruvçilar sirasiga kiradi.

Apelsin — 76 million tonna