17:49 / 29.04.2017
5581

Ekspert: Qozog‘istonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish vaqti keldi

«Kazinform» axborot agentligi qozog‘istonlik sog‘liqni saqlash sohasidagi taniqli mutaxassis Almaz Sharman bilan suhbatlashdi. Unda mamlakatda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish masalasi bo‘yicha fikr almashildi. 

Sharmanning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda sog‘liqni saqlash tizimida bunga talab bor. Hozirgi kunda tibbiy xizmatlarga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha markazlashgan tizim yaratilgan. Undan tashqari qayd etilishicha, Qozog‘istonda ayni kunda xususiy tibbiyot tizimi haqiqatdan ham ishlamoqda ekan. 

Mamlakatda bunday islohotni joriy etishga hali erta emasmikan, degan javobga Sharman shunday javob qaytargan: “Men hali vaqtli, deb o‘ylamayman. Asbob-anjomlar va dori-darmonlar bor. Qaror va islohotni joriy etish o‘z vaqtida qilindi. Hozir shunchaki biznes-jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish lozim”.

Shuningdek, uning fikricha, Germaniya davlatida tibbiy sug‘urta anchadan beri bor va ancha samaralidir. AQShda ham davlat sug‘urtasi qaysidir ma'noda ishlaydi. Qo‘shma Shtatlardagi tibbiy sug‘urta sohasidagi federal dasturlardan biri «Medicare» faqatgina keksa yoshli aholi uchun rejalashtirilgandi, biroq ayni damda Amerikada aynan keksa yoshlilar foizi ko‘paygan.

Sharmanning aytishiga ko‘ra, Qozog‘istonda bu tizim to‘laqonli ishlashi uchun kamida 10 yil vaqt talab etiladi. Tibbiy tashkilotlar tizimga tayyor, biroq mablag‘ yig‘ish masalasi – bu asta-sekinlik bilan rivojlanuvchi jarayodir. Birdaniga hammadan pul olishning uddasidan chiqib bo‘lmaydi, hamda bu yerda davlat qalqon rolini o‘ynashi kerak. Kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmida ko‘p narsa avvaliga davlat tomonidan qoplanadi. Bu bosqichma-bosqich jarayon bo‘lib, shoshilish kerak emas ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, masalan, hozir ko‘pchilik tibbiy tashkilotni erkin tashlash huquqi haqida bilmaydi. Shuning uchun asta-sekinlik bilan joriy etib borish va kishilarga tushuntirish muhim o‘rin tutadi: ular qanday huquqqa ega, nima sug‘urta bilan qoplanadi, nimani kafolatlangan hajm doirasida olish mumkin v.h.

Qayd etilishicha, bu jarayon to‘g‘ri ishlashi uchun birinchi navbatda, tibbiy xizmat yetkazib beruvchilarning barchasiga, ham davlat tashkilotlariga, ham xususiylarga bir xil huquq berish kerak. Bu juda muhim, sababi bozor va raqobat o‘z o‘rniga ega. Shuning uchun mexanizmni maksimal darajada erkinlashtirish lozim. 

Aytilishicha, tizimdagi murakkab jihatlardan biri – mablag‘ yig‘ishdir, masalan, ish beruvchiga mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan 2 foiz berish ham ancha qiyin vazifa, sababi inqiroz sharoitida barcha pulni iqtisod qilish harakatida. Ko‘pchilik o‘z daromadini yashirishi mumkin, shuningdek, maoshlarning konvertlarda berilishini istisno etish kerak emas. Plyus tomoni esa – sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘proq mablag‘ kela boshlaydi, hamda iste'molchi ko‘proq resurslarni ko‘radi, bu esa juda muhim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab davlatlarda «shifokorlarga pora berish» tushunchasi – bu nonsens. Albatta, shifokorlar yaxshi daromad topishi uchun sharoit yaratish kerakligini tushunish muhim, yaxshi shifokorlar yaxshi haq olishi kerak. 

Bundan tashqari, qayd etilishicha, Qozog‘istonda ijtimoiy tibbiy sug‘urta Fondi bilan shartnoma imzolamagan klinika yoki shifokorlar daromaddan mahrum bo‘lishadi. Bu yerda tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim, shunda davlat tashkilotlariga ham, xususiylarga ham majburiy tibbiy sug‘urta doirasida xizmat ko‘rsatish ancha qulay va foydali bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top