Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti AQSh va Kim Chen Inga oid navbatdagi bayonot bilan chiqdi
Foto: Reuters
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShni KXDR “qo‘liga qarab o‘ynamaslik” va mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning “butun dunyoni yo‘q qilib tashlash” istagini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Filippin yetakchisining ta'kidlashicha, u yaqin vaqt ichida amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Koreya inqirozini muhokama qiladi, shuningdek uni Pxenyanning Vashington ustidan mazax qilishiga "imkon bermaslikka" chaqiradi.
Dutertening qayd etishicha, Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi bosimning ortib borishi o‘yinchoqlar o‘ynashga o‘xshab ketar ekan.
"Yigitcha (Kim Chen In) shunchaki butun dunyoni yo‘q qilib tashlamoqchi, shuning uchun u shunday xursand bo‘lmoqda. U har doim kuladi", - deya xulosa qilgan Filippin prezidenti.
Avvalroq Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya raketa uchirganidan so‘ng qo‘shma mashqlarni boshlagani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026