Jahon | 07:58 / 29.04.2017
5202
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy: "Ipak yo‘li" faqatgina foyda keltiradi

Foto: Fotolia

Xitoy tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti boshlig‘i Guy Tsunyun "Ipak yo‘li" loyihasi nafaqat Xitoy, balki uning barcha ishtirokchilari uchun foydali ekanligini aytib o‘tdi. 

Tsunyun buning isboti sifatida Xitoy va Qozog‘istonning bu yo‘nalish bo‘yicha hamkorligini misol qildi.

"Qozog‘istonlik hamkorlar mo‘maygina pul topishdi, RJDdan (Rossiya temir yo‘llari) so‘rang. Rossiya tranzit orqali Qozog‘istondan ko‘proq mablag‘ topishi mumkin", deb aytdi  Tsunyun.

Tsunyun Rossiyani "Ipak yo‘li"dagi qo‘shma investitsiya va loyihalar ham qiziqtirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.   

Tsunyun Pekinda o‘tadigan "Bir kamar – bir yo‘l" forumida yuz berishi mumkin bo‘lgan syurprizlar haqidagi savolga Xitoydan bunday kutilmagan harakatlarni kutmaslik kerakligini, biroq Xitoy o‘z hamkorlarining kutilmagan harakatlariga doimo tayyor ekanligini ta'kidlab o‘tdi. U bunga misol sifatida o‘tgan yili Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Tszinpinga muzqaymoq sovg‘a qilganini eslatib o‘tdi.

Avvalroq 14-15 may kunlari bo‘lib o‘tadigan "Bir kamar – bir yo‘l" forumida 37 ta davlat rahbari va bosh vazirlari ishtirok etishi ma'lum qilingandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid