Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXD rahbari: KXDR Amerikaga yadro kallagini elta oladigan raketani ishlab chiqishi mumkin
Pxenyan AQSh prezidenti Donald Tramp hukmronligi davrida Amerikaga yadro kallagini elta oladigan raketani barpo qilishi mumkin. Bu haqda Amerika milliy xavfsizlik departamenti rahbari Jon Kelli CNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z yuritdi.
Uning fikricha, "aynan ushbu prezident davrida shunday vaziyat yuzaga kelishi ehtimolki, ularda (KXDR)da AQShga to‘liq bo‘lmasa-da, qisman zarba bera oladigan qit'alararo ballistik raketa paydo bo‘lishi mumkin". "Agar bu holat qachon ro‘y berishini ayta olsak, biz ularni bungacha to‘xtatib qolishimiz kerak bo‘ladi", - deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Kellining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda KXDR AQShga yadro zarbasi bera olmaydi, biroq "bunday imkoniyat borgan sari yaqinlashmoqda". MXD rahbarining uqdirishicha, "mamlakatning (Amerika) har qanday hududiga yadro qurolining ta'siri keng ko‘lamli salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi". Chunki, "gap millionlab insonlar hayoti haqida bormoqda".
Avvalroq, KXDR ballistik raketa sinovini o‘tkazgani haqida xabar qilgan edik. Yaponiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, u Shimoliy Koreya hududiga qulab tushgan. Pentagonning ma'lum qilishicha, raketa Pukchan aerodromiga yaqin hududdan uchirilgan. Ushbu sinov BMT XKning Koreya yarim orolidagi vaziyatga bag‘ishlangan maxsus majlisidan bir necha soat keyin amalga oshirildi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026