Jahon | 19:06 / 30.04.2017
32472
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya sinovi

Internetda Xitoyda ishlab chiqarilgan dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya - AG600'ning sinovi videosi taqdim etildi. 

Uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkazilgan sinovlar davomida samolyotning tormoz tizimi, harakatlar trayektoriyasi, to‘g‘ri yo‘nalish olish xususiyati tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek AG600 180 darajali burilishni amalga oshirdi. 

Samolyot yong‘inlarni o‘chirish va suvda qutqaruv amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Uning yig‘ilishi o‘tgan yilning iyulida Xitoyning Chjuxay shahrida tugatildi. 

AG600 20 soniyada o‘z bortiga 12 tonna suvni to‘play oladi. Samolyotning maksimal parvoz og‘irligi 53,5 tonnani tashkil qiladi, parvozning maksimal masofasi esa - 4,5 ming kilometr. Shuningdek samolyotdan dengiz muhiti monitoringi, foydali qazilmalarning joylashuvi razvedkasi hamda yo‘lovchi va yuk tashishda ham foydalanish mumkin.

Mavzuga oid