2017 yil mart oyida dunyoda birinçi bölib eng yirik “amfibiya” samolyot — Xitoyning AG600 prototipi namoyiş etilgandi — u örmon yonğinlarini öçirişga möljallangan. Oradan sakkiz yil ötib, uşbu qurilma murakkab uçiş sinovlari dasturini yakunladi. Bu davr mobaynida u jami 3560 soat davomida 2014 ta parvozni amalga oşirdi va 10 000 dan ortiq parametrlarni sinovdan ötkazdi. Endi samolyotni sertifikatlaş va foydalanişga topşiriş kutilmoqda.

Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi (AVIC) ma’lumotlariga köra, AG600 samolyoti ham quruqlikda, ham suvda amalga oşiriladigan operatsiyalar uçun loyihalaştirilgan — bu uni yonğinlarni öçirişdan tortib qidiruv-qutqaruv işlarigaça bölgan turli xil vazifalar uçun eng maqbul yeçimga aylantiradi. Havo kemasining qanotlari kengligi 38,8 metr, korpusi esa 37 metr bölib, uşbu körsatkiçlar “Boeing-737” layneriga mos keladi.

Ölçamlari tufayli yangi amfibiya samolyoti öz toifasidagi eng yirigi hisoblanadi. U hatto avvalgi rekordçi — Rossiyaning Be-200 samolyotini ham sezilarli darajada ortda qoldirdi. Xususan, AG600 ning maksimal uçiş oğirligi 60 tonnaga (Be-200 — 43 tonna), parvoz masofasi esa 4,5 ming kilometrga (Be-200 — 3,1 ming km) yetadi. Şuningdek, bu apparat favqulodda vaziyatlar paytida bortga 50 kişigaça siğdiriş, 12 tonnagaça suv töplaş, past tezlik va past balandlikda parvoz qilişga qodir.

Mutaxassislarning fikriga köra, AG600 ning muvaffaqiyatli sinovlari va kelajakdagi sertifikati Xitoyning aviatsiya mahorati ösib borayotganidan dalolat beradi.