Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi xabariga köra, ular quyidagilar:
- homilador ayol, uç yoşga tölmagan bolasi bor ayol yoki uç yoşga tölmagan bolani yolğiz özi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
- zaxiraga qöyiladigan iş örinlariga işga joylaştiriş uçun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bölgan şaxslar;
- davlat grantlari asosida öqigan va oliy ta’lim taşkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uç oy içida yöllanma böyiça olingan mutaxassisligiga doir işga kirayotgan oliy ta’lim taşkilotlarining bitiruvçilari;
- tegişli ta’lim taşkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil içida birinçi bor işga kirayotganda olingan mutaxassisligi böyiça mustaqil ravişda işga joylaşayotgan umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy ta’lim taşkilotlarining bitiruvçilari;
- özi bilan olti oygaça muddatga mehnat şartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
- ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslar;
- işga qaytadan qabul qilingan taqdirda iş beruvçi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat şartnomasini alohida asoslar böyiça bekor qilgan bölsa, öşa şaxslar;
- işlab çiqarişda öqitiş şartnomasi böyiça uşbu iş beruvçida öqişni ötagan öquvçilar;
- jamoa kelişuvlarida, şuningdek jamoa şartnomasida va iş beruvçining içki hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa xodimlar.
Dastlabki sinov faqat xodimni işga qabul qiliş çoğida belgilanişi mumkin. Xodim boşqa işga ötkazilayotganda va boşqa iş beruvçiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanişiga yöl qöyilmaydi.











