Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi hujjat imzolandi: Valyuta tushumlari xususiy tadbirkorlarning o‘zida qoladi
Xususiy tadbirkorlar valyuta tushumini davlatga majburiy sotishdan ozod qilinadi. Bu qaror bilan Vazirlar Mahkamasining «Xususiy tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori mustahkamlangan.
Biroq, yangi hujjatga ko‘ra, bu qoida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, mis va misdan yasalgan mahsulotlar, shuningdek tabiiy gaz eksport (jumladan tranzit) qiluvchilar uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning xorijiy valyutadagi tushumlarini davlatga sotish majburiyatlari tartibi o‘zgartirilgan edi.
2017 yil 1 fevralidan boshlab markazlashmagan holda eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar banklarga valyuta tushumining 50 foizini emas, 25 foizini sotishadi.
Qayd etish joizki, 16 xil tovar va xizmatlar uchun eski qoidalar saqlanib qolingan. Ular uchun valyuta tushumini sotish majburiyati hamon 50 foizligicha qolmoqda. Bu ro‘yxatda bug‘doy, oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz sohasining boshqa mahsulotlari (shuningdek, tranzit), uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boshqa nometall elementlar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar, metallokeramika, aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikatsion va bank xizmatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026