Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kelinlarga piyonista erlari aqlini kiritib qo‘yish uchun yuzlab yog‘och tayoqlar sovg‘a qilindi
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida ijtimoiy adolat va qishloq tumanlar rivoji vaziri Gopal Bxargava 700 nafar kelinchakka yog‘och tayoqlarni taqdim etdi. Bu haqda DailyMail xabar bermoqda.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ayollar ulardan turmush o‘rtoqlari spirtli ichimlik iste'mol qilgandan so‘ng o‘zlarini yomon tutadigan bo‘lishsa, foydalanishlari mumkin ekan. Bunday o‘ziga xos sovg‘a mahalliy hukumat tomonidan tashkillashtirilgan ommaviy to‘y marosimida turmushga chiqqan qizlarga taqdim etildi.
Har bir tayoqda “Piyonistalarni urish uchun” va “Politsiya aralashmaydi” kabi yozuvlar bor. Bxargava ayollarga avvaliga o‘zlarining mast erlari bilan muloqotga kirishishni, biroq ular eshitishni xohlashmasa, to‘y sovg‘asidan foydalanishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, u kimnidir zo‘ravonlikka undash istagida emas.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u bunday xatti-harakat bilan qishloq joylarda yashovchi va o‘zining piyonista erlari tomonidan uyda zo‘ravonlik holatlariga duch keluvchi ayollarga e'tibor qaratmoqchi bo‘ldi.
Hammasi bo‘lib yosh kelinlarga 10 mingta shunday tayoq berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026