Jahon | 11:52 / 01.05.2017
4680
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh shtabi Mo‘sulni may oyida IShIDdan ozod etishga va'da berdi

Foto: Unian

Iroq bosh shtabi rahbari, general-leytenant Otman al-Ganmi ma'lum qildiki, armiya Mo‘sul shahrini may oyi oxiriga qadar IShID jangarilari qo‘lidan ozod qiladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 hafta ichida keng ko‘lamli harbiy amaliyot yakunlanishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda terrorchilar shaharning Kalakchi tumanida (eski shahar qismi) Iroq harbiylariga qarshilik ko‘rsatishda davom etishmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid