Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Fransiya prezidenti saylovi ikkinchi turida qancha ovoz olishi bashorat qilindi
Foto: Reuters
Fransiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi turida “Olg‘a” harakati yetakchisi Emmanuel Makron 61 foiz ovoz yig‘ishi mumkin. Bu haqda Reuters OpinionWay kompaniyasi so‘roviga asosan xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, saylovlar 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
“Milliy front” nomzodi Marin Le Pen uchun esa, tegishli ravishda saylovchilarning 39 foizi o‘z ovozini beradi.
Shu bilan birga, so‘nggi haftada Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar miqdori bir foizga oshgan bo‘lsa, Le Penda bu ko‘rsatkich xuddi shuncha miqdorga pasaydi.
Avvalroq har ikki nomzod Fransiyaning Yevropa ittifoqida bo‘lish masalasi haqida o‘z fikrini bildirgandi. Le Penning ma'lum qilishicha, YeI “totalitar tashkilot” bo‘lib bormoqda, shuning uchun uni har bir davlat qaysi loyihada ishtirok etishini o‘zi hal qiluvchi “Yevropa alyansi” bilan almashtirish lozim.
O‘z navbatida Makron YeI isloh etilmasa, Frexit – Fransiyaning YeIdan chiqishi (Brexit’ga o‘xshash) ehtimolini istisno qilmadi.
Mavzuga oid
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026