Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 10 iyun kuni ma’lum qilişiça, G7 sammiti 15–17 iyun kunlari Fransiyaning Evian-le-Ben şahrida, Jyeneva köli sohilida ötkaziladi. Unda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham iştirok etadi.
Makronning sözlariga köra, Fransiya va uning hamkorlari uçun Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça G7 davlatlari örtasidagi yakdillikni mustahkamlaş muhim ahamiyatga ega.
“Biz uçun bu juda muhim, çunki Ukrainaga kömak beriş masalasida G7 doirasidagi konsensusni tiklaşimiz kerak”, — dedi Fransiya prezidenti.
Uning ta’kidlaşiça, sammit doirasida Rossiya-Ukraina uruşiga barham beriş imkoniyatlari va muzokaralar jarayoni ham muhokama qilinadi.
Sammit kun tartibidan Yaqin Şarqdagi vaziyat ham örin olgan. Xususan, Eron atrofidagi keskinlikka bağişlangan alohida sessiya taşkil etiladi. Unda Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklari rahbarlari ham iştirok etadi.
Muzokaralarda Hörmuz böğozidagi vaziyat, xalqaro dengiz savdosi xavfsizligi hamda Tehron bilan ehtimoliy diplomatik muloqotlar muhokama qilinişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, sammit doirasida “Şimol — Janub hamkorligi” mavzusida maxsus konferensiya ham taşkil etiladi. Unda Janubiy Koreya, Hindiston, Keniya va Braziliya vakillari qatnaşişi rejalaştirilgan. Şuningdek, Xitoydan ham vakillar kelişi kutilmoqda.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp ham G7 sammitida iştirok etişini tasdiqlagan edi.
Makron: Zelenskiy G7 sammitida iştirok etadi
19:17 / 11.06.20263 7032 min
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Fransiyada bölib ötadigan “Katta yettilik” (G7) sammitining yiğilişlaridan birida iştirok etadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ta’kidlaşiça, Ukrainaga kömakni davom ettiriş masalasi sammitning asosiy mavzularidan biri böladi.












