O‘zbekiston | 17:14 / 01.05.2017
9128
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari”da uchta yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda uchta yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent-4” yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi davom etmoqda. Shuningdek “Nukus” aeroportining yo‘lovchi terminali rekonstruksiyadan chiqarilmoqda va Boeing-787 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun yangi angar tashkil etilmoqda.

Bu loyihalar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo‘ljallangan Investitsion dasturi hamda 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi modernizatsiya Dasturi asosida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq 2017 yilning birinchi choragida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirgani haqida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid