Jamiyat | 23:47 / 01.05.2017
7333
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Shum bola” kinofestivali o‘tkaziladi

Foto: O‘zbekkino

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Gyote instituti Toshkent filiali va Germaniyaning «Shlingel» (Schlingel) xalqaro kinofestivali direksiyasi bilan hamkorlikda 3-7 may kunlari bolalar va yoshlar uchun “Shum bola” IV o‘zbek va nemis kinolari festivalini o‘tkazishini ma'lum qildi.

Mazkur tadbirga “Shlingel” xalqaro kinofestivali direktori Mixail Xarbauyer, kinoprodyuser Aleksandara Proxazka, rejissyorlar Alen Geponer va Toni Loyzer kabi xorijlik kinoijodkorlarning tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Festivalning ochilish marosimi 3 may kuni soat 14:30da Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid