Madaniyat vazirining buyruği bilan Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekşiruvlar ötkaziş faoliyatida «Xavfni tahlil etiş» elektron tizimini joriy etiş tartibi tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Nizomga muvofiq, tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunçilik talablari buzilişi xavfini avtomatik tarzda baholaydi. Buning uçun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda tadbirkorlardan qöşimça hujjat yoki ma’lumot talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Elektron tizimda baholaş «ball» tizimi asosida amalga oşiriladi va tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, örta yoki past toifalarga ajratiladi. Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekşiruvlar amaldagi qonunçilikka muvofiq taşkil etiladi.

Şu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan-töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos hisoblanmaydi. Xavf tahlili jarayoni tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilmasligi va uning faoliyatiga bevosita aralaşuvga sabab bölmasligi belgilangan.