Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdlari soni ikkitaga ko‘paydi
Foto: railway.uz
Joriy yilning I choragida "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlari soni yana ikkitaga ko‘paydi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov shu haqida ma'lum qildi.
Bugunga qadar mahalliy aholi va sayyohlar 9 vagondan iborat poyezdlardan foydalangan bo‘lsa, endilikda 11 ta turli toifali vagonlardan iborat poyezd ularga xizmat ko‘rsatadi. Hozirda "Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdlari Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlariga to‘liq qatnovni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq, joriy yilning I choragida moliyalashning barcha manbalari hisobidan jami 196,1 million dollar miqdoridagi kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, davr prognozi 100 foizga bajarildi. Xususan, "Qarshi-Termiz" temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, "Buxoro-Miskin" temir yo‘lini barpo etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, jamiyat ishchi-xizmatchilarning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida tizimli tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbirda aksiyadorlik jamiyati va tarmoqning barcha sanoat korxonalarida qo‘shimcha daromad olish maqsadida aholiga aholiga pullik xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Buning natijasida bu davrda aholiga 110,5 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.
Mavzuga oid
08:22 / 20.02.2026
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
10:43 / 13.02.2026
Vodiy–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reyslari yo‘lga qo‘yildi
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026