Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 3 iyun kungi majlisida transport vaziri Ilhom Mahkamov hisobot berdi.
Vazir hisobotida tez-tez kötariladigan muammolarga töxtalarkan, harakat tarkiblarining yetişmasligi asosiy masala ekanini urğuladi.
“Hozirgi kunda mavjud poyezdlar tarkibini töldiriş uçun 120 ta vagonga ehtiyoj mavjud. Yölovçi poyezdlarida ma’nan eskirgan vagonlarning xizmat körsatişi va ulardagi salbiy sanitar holatlar, yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarga talabning yuqori bölgani sababli çipta yetişmovçiligi mavjudligi… Tahlillarga köra, çipta xarid qiliş istagini bildirgan fuqarolarning kamida 30 foizi çipta defitsiti sababli çipta xarid qiliş imkoniyatiga ega emas”, - dedi u.
Mahkamovning qayd etişiça, qöşimça yölovçi poyezdlar qatnovini taşkil etiş uçun yöl infratuzilmasi mavjud emas. Hozirgi vaqtda Toşkent–Samarqand uçastkasi eng qatnovi tirband bölgan uçastka hisoblanib, yuk va yölovçi poyezdlar harakati maksimal tarzda taşkil etilgan. Şu sababli uşbu uçastkada qöşimça poyezdlar qatnovini yölga qöyişda har doim murakkabliklar yuzaga keladi.
Soha rahbari respublikaning ba’zi hududlarida şahar atrofida harakatlanuvçi yölovçi poyezdlar harakati taşkil etilmagani, temiryöl vokzallarida yölovçilar uçun taklif etiladigan servis xizmatlari sifati yetarli darajada emasligini ham qöşimça qildi.
Ilhom Mahkamov deputatlardan aholi istagi va muammolarini yetkazib berişni söradi.
Uning ta’kidlaşiça, 2025 yil 30 dekabr kuni imzolangan “2030 yilga qadar temir yöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori bilan, 2030 yilgaça temiryöl transporti yölovçi taşiş infratuzilmasini rivojlantiriş va harakatdagi tarkibni yangilaş dasturi qabul qilinib, aholiga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari körsatilişini ta’minlaş, 2030 yilga qadar respublikaning barça hududlarini yuqori tezlikdagi va tezyurar elektropoyezd qatnovi bilan qamrab oliş belgilangan.
Majlisda deputatlar ta’til vaqtlarida transportga talab oşişi, şunday vaziyatlarni oldindan biliş qiyin emasligi, lekin qöşimça vagon va reyslarni taşkil etiş yetarliça ta’minlanmayotganini ta’kidlab, vazirdan aniq yeçim söradi.
Mahkamovning sözlariga köra, Hayit bayrami kunlari barça harakat tarkiblari 30 foizga oşirilgan va bu allaqaçon tajribaga aylangan.
















