15:14 / 02.05.2017
9858

IShID Iroq g‘arbidagi qurolli kuchlar lageriga hujum qildi

Foto: Topwar.ru

Ar-Rutba shahri yaqinidagi Iroq qurolli kuchlari lageriga terrorchilarning hujumi natijasida yana kamida 6 kishi jabrlangan.

Iroqning g‘arbida joylashgan Anbar viloyatining Ar-Rutba shahri yaqinidagi mamlakat qurolli kuchlari lageriga IShID terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida 10 askar o‘ldirilgan, kamida olti kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali. 

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ekstremistlar Anbar viloyatining ma'muriy markazi Ar-Ramodi shahridan 310 km uzoqlikda joylashgan Ar-Rutba shahri yaqinidagi As-Suqqor qo‘rg‘onida joylashgan harbiylarning pozitsiyasiga hujum uyushtirishgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan. 

Iroqning hukumat qo‘shinlari 22 apreldan boshlab Anbar viloyatini IShIDdan tozalash kampaniyasini boshlab yuborgan. Operatsiyaning maqsadi — respublika g‘arbiga o‘rnashib olgan jangarilarning qurol-yarog‘ omborlari va radikallarning yacheykalarini yo‘q qilish. Yerdagi piyoda qo‘shinlarga AQSh boshchiligidagi g‘arb koalitsiyasi va Iroq harbiy havo kuchlari yordam bermoqda. Operatsiya qo‘mondonligidan xabar berishlaricha, ekstremistlar Anbardagi Al-Qoim, Rava va Ana shaharlarini egallab turibdi.

Mavzuga oid
Top