Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: FQB xodimi IShID jangarisiga turmushga chiqqani aniqlandi
AQSh Federal qidiruvlar byurosi xodimi bo‘lgan ayol 2014 yilda Suriyaga jo‘nab ketgan va IShID terrorchilik guruhi jangarisiga turmushga chiqqan.
CNN’ning xabar berishicha, tarjimon Daniela Grin o‘z rahbariyatini qayerga ketayotgani haqida aldagan va o‘zining yangi eri Denis Kaspertni unga nisbatan tergov boshlangani haqida ogohlantirgan.
Grin, aftidan, bir necha hafta o‘tib xato qilganini tushunib yetdi va AQShga qaytib keldi. U yerda esa ayol maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, ayol yolg‘on ko‘rsatmalar berish bo‘yicha o‘z aybini tan olgan va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U 2016 yilning yozida qamoqdan chiqqan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Grinning turmush o‘rtog‘i nemis reperi bo‘lib, eng nufuzli jangarilardan biri sanalgan hamda IShIDning targ‘ibot videoroliklarida suratga tushgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026