Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi: Tibbiyot sohasiga doir murojaatlarning 93 foizi o‘z yechimini topdi
2017 yil 2 may kuni Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e'tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari, boshqarma boshliqlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi, olib borilgan sa'y-harakatlar natijasi va istiqboldagi rejalar xususida ma'lumot berildi.
O‘tgan davrda O‘zbekiston prezidentining internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasiga fuqarolarimizdan 740 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarning qariyb 3,5 foizi tibbiyotga tegishli.
Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning tibbiyotga tegishli qismi

Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarni hal qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu yilning 1 may holatiga ko‘ra, davlat rahbarining elektron qabulxonasiga fuqarolardan tibbiyot sohasi bo‘yicha tushgan jami 25 ming murojaatning qariyb 93 foizi o‘z yechimini topgan, 6 foizi ko‘rib chiqish bosqichida, qolgan 1 foizini esa anonim murojaatlarni tashkil qiladi.

Aholining shikoyat yoki takliflarni atroflicha o‘rganib, ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etildi. Endilikda fuqarolar vazirlikning rasmiy veb-sayti — www.ssv.uz, shuningdek, ushbu internet manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta yoxud telefon raqami orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborishi mumkin. Ta'kidlab o‘tish o‘rinli, har bir murojaat shaxsan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan ko‘rib chiqilib, nazoratga olinmoqda va qonun doirasida hal etilmoqda.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” raqami — 1003 va vazirning virtual qabulxonasi kunu tun xalq xizmatida ekanligi alohida ta'kilab o‘tildi.
Mavzuga oid
21:26 / 20.01.2026
Respublika onkologiya markazi va uning hududiy filiallari modernizatsiya qilinadi
21:21 / 20.01.2026
Beg‘araz qon donorlari soni 300 mingdan 900 ming nafarga yetkaziladi
21:17 / 20.01.2026
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishga tushiriladi
00:07 / 18.01.2026