Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot sohasida eng ko‘p xorijiy korxonalar Turkiyaga tegishli bo‘lib, ularning soni 27 taga yetgan.

Shuningdek, Xitoy (21 ta), Rossiya (18 ta) va Hindiston (17 ta) ham yetakchi davlatlar qatorida qayd etilgan.

Qozog‘istondagi investorlar tomonidan 11 ta, Ozarboyjon va Janubiy Koreya tomonidan 10 tadan korxona tashkil etilgan.

Qirg‘iziston (6 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (4 ta) va Yaponiya (4 ta) ham ushbu sohada faol ishtirok etmoqda.

Qolgan 12 ta korxona esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga bo‘lgan xorijiy qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.