Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda Moskva-Bangkok reysida jarohat olgan 5 rossiyalik operatsiya qilindi
Foto: ntv.ru
Bangkokdagi "Samitivet Sinakkarin" shifoxonasida "Aeroflot" aviakompaniyasining Moskva-Bangkok reysida jarohat olgan 5 rossiyalik operatsiya qilindi.
RIA “Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, operatsiyalarning aksariyati sinish jarohatlari bilan bog‘lik bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, 2 may kuni ertalabga yana 3 ta operatsiya belgilangan.
Shifoxonada yana 7 rossiyalik qolmoqda, biroq ular jarrohlik aralashuviga ehtiyoj sezmayaptilar.
1 may kuni Moskvadan kelayotgan samolyot Bangkok aeroportiga yaqinlashish vaqtida kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgan. Samolyot kuchli siltanishi oqibatida 27 yo‘lovchi turli darajadagi jarohatlar olgan. Moskva hududlararo transport prokuraturasi yo‘lovchilarning shikastlanishi yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026