Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada ikki avtobus to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Venesuelada ikki avtobus to‘qnashishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi. Bu haqda El-Nacional nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, yo‘l-transport hodisasi Bolivan shtati chegarasidan 40 km uzoqlikda, Ansoategi shtatida yuz bergan.
Bolivan shtati gubernatorining aytishicha, avtobuslar Puerto-Ordas shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Mahalliy hukumat vakilining aytishicha, voqea tongda yuz bergan. Avtobuslardan biri to‘xtaganda orqadan kelayotgan boshqa avtobus haydovchisi uning to‘xtaganini payqamay qolib, unga borib urilgan. Nashrning ta'kidlashicha, ikkala avtobusda ham Guayana Venesuela korporatsiyasi muallimlari va ishchilari ketayotgan bo‘lganlar.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026