Jahon | 19:52 / 03.05.2017
4812
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Germaniya va Yevropa Ittifoqini saylovlarga aralashishda aybladi

Foto: AP Photo / Kirsty Wigglesworth

Germaniya va Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mavqeiga putur yetkazish uchun qirollikdagi saylovoldi kampaniyasiga aralashmoqda. Bu haqda Meyga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda The Daily Thelegraph nashri xabar bermoqda

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqi idoralaridagi yuqori mansabdor shaxslar Meyning saylovchilar ko‘zlari o‘ngida pozitsiyalarini zaiflashtirish maqsadida uning xususiy uchrashuvlari haqidagi maxfiy axborotlarning sizib chiqib ketishini tashkillashtirishgan.   

Manbalar fikricha, Mey Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlari oldidan "yaxshi tashkillashtirilgan fitnaning qurboniga" aylangan. Ko‘rinishicha, Germaniya va Yevropa Ittifoqi "davlatlar boshqa davlatlardagi saylovlarga aralashmasliklari kerakligi borasidagi eski an'anani" buzmoqdalar.

Mey mavqeini zaiflashtirishga urinishlar Germaniya va Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniya fuqarolarini qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha Bryussel bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda yon bosishga tayyor bo‘lgan siyosiy kuchlarga ovoz berishlariga undash istagini bilan bog‘langan. Mey esa Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha qat'iy fikrdaligini aytgan va bu yevrobyurokratlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. 

Avvalroq Britaniya parlamenti tarqatib yuborilgani ma'lum qilingandi. Buyuk Britaniyada muddatdan avvalgi parlament saylovlari 8 iyunga o‘tkazilishi belgilangan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid