Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda onlayn-nashrlar faoliyatiga jiddiy cheklovlar qo‘yilmoqda
Foto: AFP
Xitoy hukumati internet-nashrlariga qo‘yiladigan talablarni yanada qat'iylashtirdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ular faqat davlat organlari tomonidan tasdiqlangan xodimlarnigina ishga olishi mumkin bo‘ladi. Yangiliklar portali jurnalistlari esa markaziy hukumatda malaka oshirib, akkreditatsiyadan o‘tishi shart.
Yangi qoidalar joriy yilning may oyidan kuchga kiradi. Ular faqat Xitoy hududidagi saytlarga tegishli. Bundan tashqari, ular chop etish huquqiga ega ba'zi kontent turlari cheklanadi.
Bundan buyon yangiliklar saytlari "milliy va ijtimoiy manfaatlar himoyasi yo‘lida xizmat qilib, ijobiy internet madaniyatini targ‘ib qilish"ga mahkum. Shuningdek faqat xavfsizlik xizmati tekshiruvidan o‘tgan Xitoy fuqarolari yoki mahalliy tashkilotlargina yangiliklar saytlarining muharriri va muassisi bo‘lishi kerak.
Yangi qonun-qoidalarga muvofiq, yangiliklar saytlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilargagina ma'lumot taqdim etishi mumkin bo‘ladi.
Ta'kidlash joizki, Xitoy so‘nggi bir necha yil davomida yangiliklar nashrlari, shuningdek blog va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini jiddiy cheklashga urinmoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026