Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar Londondagi eng baland osmono‘par binoni xarid qilishdi
Foto: Getty Images
Xitoyning CC Land Holdings Ltd holdingi London shahrining eng baland binosi Leadenhall Building’ni xarid qildi. Imorat o‘z shakli tufayli “Qirg‘ich” degan norasmiy nomga ham ega. Bu haqda Hongkong birjasida taqdim etilgan kompaniya hujjatida aytiladi.
Binoda 46 qavat va taxminan 610 ming kvadrat fut ofis va savdo maydonchalari bor.
Osmono‘par imoratda qator xalqaro yirik sug‘urta kompaniyalari, moliya tashkilotlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasidagi muassasalar ofislari bor. Binoni ijaraga berishdan tushadigan yillik daromad taxminan 51,9 mln. dollarni tashkil etadi.
CC Land Holdings Ltd 224 metrlik binoni uning avvalgi egasi British Land and Canada's Oxford Properties kompaniyasi qarzdorligi tufayli sotib olgan.
Bu Buyuk Britaniya ko‘chmas mulk bozorida 2014 yildan beri qayd etilgan eng yirik kelishuvga aylandi. O‘shanda HSBC banki binosi Qatar fondiga 1,18 mlrd. funt sterling evaziga sotib yuborilgandi.
China Daily’ning xabar berishicha, CC Land Holdings Ltd Londondagi osmono‘par imoratni taxminan 1,5 mlrd. AQSh dollariga xarid qildi.
Mavzuga oid
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026
Londonda birinchi marta Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
09:44 / 24.02.2026