Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda qorin sohasida ikkinchi boshi bor chaqaloq tug‘ildi
Foto: Rareshot News\ SWNS/com
Hindistonda qorin sohasida ikkinchi bosh va uchinchi qo‘l bor chaqaloq dunyoga keldi. Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqning parazitik egizi rivojlanmay qolgan.
Ikkinchi boshda ko‘z va quloqlar bo‘lmagan, biroq shunga qaramay qizchadan asosiy oziqaviy moddalarni tortib olgan. Shifokorlar ortiqcha boshni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga qaror qilishgan.
Jaypurdagi JK Lone shifoxonasi jarrohlari bu vazifani a'lo darajada uddalay oldilar. 4 soat davom etgan operatsiyadan keyin chaqaloqdagi ortiqcha bosh va qo‘l olib tashlandi. Hozir qizaloq shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda va ahvoli yaxshilanmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Qizcha onasining aytishicha, tug‘uruqdan avvalgi tekshiruvlarda unga homila noto‘g‘ri rivojlanayotgani haqida hech narsa deyilmagan. Qizcha bepul operatsiya qilingan.
Qoidaga ko‘ra, parazitik egizlar embrionlarning homilador bo‘lish vaqtida ajralishi ushlanishi asorati hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026
2026 yil trendi: turizm global raqobat maydoniga aylandi
10:15 / 24.04.2026
Hindistonda raqamli valuta orqali subsidiya tarqatish boshlandi
08:41 / 15.04.2026