Jamiyat | 00:16 / 03.05.2017
5817
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda barcha dori-darmonlar narxi davlat tomonidan tartibga solinadi

Qozog‘istonda endi barcha dori-darmonlar narxi davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ul kotibi Bolat Tokejanov ma'lum qilgan, deya xabar tarqatmoqda «Qazaqparat».

«Narxlarni hosil qilishning yangi tizimi dori-darmon vositalarining ham ulgurji, ham chakana narxlarini qamrab oladi. Biz barcha dori-darmonlar vositalari narxi davlat tomonidan tartibga solinishiga erishamiz. Bizda hozir Qozog‘iston milliy dori-darmon formulyari mavjud. U yerda Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan, samaradorligi isbotlangan uch mingga yaqin dori-darmon vositalari bor. Dori-darmonlarni tarqatishga kelsak, biz o‘z yondashuvimizni joriy etmoqchimiz. Bizda 2021 yilgacha milliy dori-darmon siyosati qabul qilingan, uning doirasida biz dori-darmon vositalarini retsept orqali sotish usuliga o‘tishni mo‘ljallamoqdamiz», — dedi Bolat Tokejanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari sohasidagi eng ilg‘or tajribalardan foydalaniladi. Asosiy maqsad — ijtimoiy tibbiy sug‘urta tizimining hammabopligini ta'minlash.

Loyiha doirasida Yagona milliy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘llov amalga oshirilgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid