Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulni tiklashga kamida 5 yil vaqt va milliardlab dollarlar talab etiladi
Iroqning terrorchilardan qisman ozod qilingan Mo‘sul shahrini tiklash uchun kamida 5 yil vaqt va milliardlab dollar pul talab qilinadi, deb ma'lum qildi Iroq hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Iroqlik harbiylar va AQSh boshchiligidagi koalitsiya Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqdalar. Mart oyida hukumat kuchlari shaharda terrorchilar to‘liq qurshab olingani va ularning Suriyadagi jangarilar bilan aloqalari uzib qo‘yilganini ma'lum qilgandilar. Iroqlik harbiylar Mo‘sulning g‘arbiy qismining uchdan ikki qismini nazoratlari ostiga olishganini ma'lum qilishmoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar oqibatida shahar aeroporti, temir yo‘l vokzali va universitet to‘liq vayron bo‘lgan.
"Mo‘sul ozod qilingandan keyin bizda barchasi terrorchilar 2014 yilda shaharni bosib olgunlarigacha bo‘lgan ishchi holatga qaytariladigan tiklash rejasi bo‘lishi kerak", deb aytdi Naynava viloyati rahbariyati vakili Nuriddin Kablan.
Kablanning aytishicha, Mo‘sulni tiklash bo‘yicha dastlabki rejalar tuzilmoqda, biroq moliyalashtirish masalasi keskin turibdi. Bu rejalarga ko‘ra, Mo‘sul ozod qilingandan keyin ilk yarim yil xavfsizlikni, suv va energiya ta'minotini tiklashga va ko‘chib ketgan odamlarni uylariga qaytarilishiga ketadi. Bundan keyin tiklash va yarashuv jarayoni boshlanishiga ketadigan 2 yillik davr keladi. Keyingi 30 oy esa investitsiyalar izlash va iqtisodiyotni tiklashga ketadi. Kablanning ma'lum qilishicha, dastlabki tiklash ishlarining narxi bir uyga 5 ming dollarni tashkil qiladi.
"Rostini aytganda, biz yetarlicha ko‘mak olmayapmiz. 2017 yilda Naynavaga 44,5 mln dollar ajratilgan, bu esa bunday o‘lchamdagi viloyat uchun juda oz", deb aytdi Kablan va viloyat rahbariyati BMT, xalqaro yordam guruhlari va do‘stona davlatlar bilan muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi. Misol uchun, Italiya shahardagi shifoxonalardan birini tiklashga ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026