Olimlar qand va miya saratoni o‘rtasida g‘alati bog‘liqlikni aniqlashdi
Qon va to‘qimalardagi qand miqdorining pastligi nerv to‘qimalaridagi xavfli o‘sma — glioma rivojlanishining yuqori ehtimolliligiga statistik jihatdan bog‘liq ekan, deb yoziladi Scientific Reports jurnalida e'lon qilingan maqolada.
«Diabet va qondagi qand miqdorining me'yordan ortiqligi to‘g‘ri ichak, sut bezlari va siydik pufagi kabi bir necha organ va to‘qimalarda saraton rivojlanishi ehtimolini oshirib yuboradi. Bu holatda diabetga chalinganlar va qonida glyukoza miqdori yuqori bo‘lganlarga nisbatan, qand miqdori me'yorida bo‘lgan insonlarning miyasida xavfli o‘smalar ko‘proq paydo bo‘lar ekan», — deb hikoya qiladi Kolambus (AQSh) dagi Ohayo shtati universiteti xodimi Judit Shvartsbaum.
Glioma — bosh va orqa miya saratonining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri. Uni «paydo qiluvchilari» nerv hujayralari emas, gliya deb ataluvchi, miyaning neyronlarini shikast va infeksiyalardan asrovchi, unga oziq moddalar yetkazib beradigan bog‘lovchi to‘qimasi hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, saratonning bu ko‘rinishini davolab bo‘lmaydi va glimoga ega bo‘lganlar, o‘sma aniqlanganidan keyin 1–2 yil ichida vafot etishadi.
Ayni paytda olimlarda gliomaning kelib chiqish sabablari va bunday o‘smalarning rivojlanishiga qanday omillar yordami berishi yoki to‘siq bo‘lishi borasida aniq bir to‘xtam yo‘q. Olimlarning bir qismi bunday o‘smalar S vitamini va boshqa oksidantlar darajasi past bo‘lgan parhez taomlar iste'mol qiladigan insonlarda rivojlanishini aytishsa, boshqa qismi genetik omillar va tsitomegalovirus bilan zararlanishni sabab qilib keltirishadi.
Shvartsbaum va uning hamkasblari glioma rivojlanishining yana bir potensial omilini topishdi — ular 15 yil davomida Shvetsiya va Avstriyadagi bir millionga yaqin insonlarning salomatligini kuzatib, qonda qand miqdorining yetishmasligi uni keltirib chiqaradi, degan to‘xtamga kelishdi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, bu loyihalar noto‘g‘ri oziqlanish va diabetning saraton va boshqa og‘ir xastaliklarga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashga yo‘naltirilgan edi.
Glioma va miya saratonining boshqa shakllari aslida juda kam rivojlanadi, bu loyiha ishlagan butun vaqt moynida millionga yaqin kishidan faqat sakkiz yuz nafarida shunday o‘smalar aniqlangan. Ularning parhezlarini tekshirib ko‘rib, olimlar saratonning rivojlanishiga qaysi omillar yordam berishi yoki to‘sqinlik qilishi mumkinligini tushunishga harakat qilishgan. Bu taqqoslarning natijalari biri boshqasini inkor etadigan holatda bo‘ldi.
Olimlar kutishganidek, saraton aniqlanishidan oldin olingan tahlilda qondagi qand miqdori ko‘pligi glioma rivojlanishining yuqori ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan. Maqola mualliflari o‘z yozuvlarini tekshirib ko‘rish uchun vaqtni bir yil orqaga «qaytarishgan»da manzara butunlay boshqa tarafga o‘zgargan — loyihaning qand miqdori oshiqcha bo‘lgan va diabetga chalingan qatnashchilari qondagi glyukoza miqdori me'yorida yoki kam bo‘lgan shved va avstraliyaliklarga nisbatan kelajakda gliomaga kamroq duchor bo‘ishgan.
Bu so‘rovlarda ishtirok etgan insonlardagi saratonning boshqa ko‘rinishlarida esa birorta bunday holatga duch kelinmagan, shu sababli Shvartsbaum va uning hamkasblari bunday paradoks qanday yuzaga kelgani haqida bosh qashlab qolishgan.
Shvartsbaumning fikricha, bunday g‘alati holatga sabab diabetning bosh harakatlantiruvchi omili — insulinning ishidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Insulin nafaqat qondagi qand miqdorini tartibga soladi, shu bilan birga kuchli o‘sish gormoni ham hisoblanadi. Diabet va qonida qand miqdorining yuqoriligi bilan xastalangan insonlarda insulin miqdori sog‘lom odamlarnikiga nisbatan kamroq, bu hol o‘sma paydo bo‘lishining oldini oladi va gliomaning dastlabki rivojlanish bosqichlarida unga qarshi kurashish uchun immun tizimiga yordam beradi.
O‘sma miyada yaxshilab joylashib olgach, u ko‘p miqdorda oziq moddalar va kislorod iste'mol qila boshlaydi, bu esa miya saratoni aniqlangan insonlarning qonida nega qand miqdori boshqalarnikiga nisbatan yuqori ekanini tushuntirib beradi.
Shvartsbaumning fikricha, bularning barchasi miya saratonining tashxisi va unga qarshi kurashda e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan jihatlardir. O‘sma rivojlanishining oldini olishda yoki o‘sma shakllanib bo‘lgach shunday kimyoviy terapiya turi tanlanishi kerakki, hali sog‘lom miyada uning paydo bo‘lishiga imkoniyat bermaslik yoki saraton hujayralarining qand iste'mol qilishini cheklash lozim.
Mavzuga oid
22:44 / 25.09.2024
Olimlar tezkor uyquni yaxshilaydigan asosiy retseptorni aniqladi
08:53 / 01.09.2019
«Olimlar o‘z ishlanmalarini bozor talablariga moslashtirolmayapti» – Ekspert bilan suhbat
16:07 / 23.11.2018
Scopus Awards 2018: Yilning eng yaxshi olimlari taqdirlandi (fotojamlanma)
14:45 / 11.08.2017