Bugun, 23 noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Özbekistonning eng yaxşi olimlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov oçib berdi.
“Sönggi vaqtlarda Özbekistonda oliy ta'lim tizimini rivojlantirişga katta e'tibor qaratilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida işlab çiqilgan Özbekistonning 2017-2021 yillar uçun harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, biz oliy ta'lim sifatini ta'minlaşga va xalqaro ta'lim maydonida raqobatbardoşlikka erişişga alohida e'tibor qaratyapmiz. Özbekistonni Markaziy Osiyo ta'lim xabiga aylantiriş maqsadlarida joriy yilning boşida bizning oliy ta'lim muassasalarimiz eng yirik Elsevier xalqaro ilmiy kompaniyasi bilan “Ilm-fan 2020” dasturini amalga oşirişga kirişdi”, - deydi u.

Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, mazkur dasturni amalga oşiriş doirasida Fanlar Akademiyasining barça ilmiy-tadqiqot institutlari uçun milliy obuna taşkil etilgan, Scopus xalqaro ma'lumotlar bazasining ilmiy va ta'lim resurslariga kiriş imkoni ta'minlangan. Respublika OTMlarida QS (Quacquarelli Symonds) va Times Higher Education (THE) agentliklari bilan hamkorlikda seminarlar ötkazilgan. Mahalliy oliygohlarning xalqaro reytinglarga kirişi bilan boğliq asosiy masalalar muhokama etilgan. Şuningdek agentliklarning reytinglar metodologiyasi örganilib, kerakli tavsiyalar berilgan.

“Ayni damda biz xalqaro agentliklar bilan hamkorlikda Yöl xaritasi ustida iş olib boryapmiz, bu bizga yaqin yillarda Özbekistondagi oliygohlarning xalqaro reytinglarga qöşiliş imkonini beradi. Bugun biz juda muhim tadbirdamiz. Yurtimizning eng yaxşi körsatkiçlarni qayd etgan yetuk olimlarini taqdirlaş marosimini har yili ötkazişni közlaganmiz. Şubhasiz, uşbu forum olimlarimizning yanada faollaşuvi uçun yaxşi motivatsiya beradi”, - dedi Boş vazir örinbosari.
Şundan söng Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov, Elsevier’ning Turkiya, Eron, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça boşqaruvçi direktori Tayfun Başal, Elsevier Central Asia mintaqaviy direktori Aliya Ospanova va “5-100 loyihasi” loyihaviy ofisi rahbari Nadejda Polixina Özbekistonning eng yaxşi olimlarini taqdirlaşdi.





















