13:12 / 03.05.2017
10282

Osiyo chempionati 91 kggacha vazn toifasi yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchilarning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan vakillari ma'lum bo‘ldi. 

Shunday qilib, ushbu vazn toifasida quyidagi bokschilar musobaqa bosh sovrini uchun kurash olib borishadi:

Vasiliy Levit  (Qozog‘iston) – Alaa Eldin G‘ussun (Suriya)
Sangvan Sumit  (Hindiston)  –  Jahon Qurbonov    (Tojikiston)

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining barcha a'zolari chorak final janglarini o‘tkazishadi. Shu paytgacha, Murodjon Ahmadaliyev (56kg) va Sanjar Tursunov (91kg) yarim final yo‘llanmasi uchun janglarini yakunlashdi. Unda Ahmadaliyev raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, Tursunov O‘zbekiston jamoasining musobaqalardagi ilk mag‘lubiyatini keltirdi. 

Shu bilan ertalabki bahslar nihoyaiga yetdi. Kunduzgi bahslar soat 14:00da boshlanadi. Unda O‘zbekistonning yana to‘rt bokschisi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Bular:

49kg. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yerjon Jo‘mart (Qozog‘iston) 
60kg. Papendang Farrand (Indoneziya) – Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)
64kg. Pan Hung-Ming (Taypey) – Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)
75kg. Marsial Eumir (Filippin) – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)

Mavzuga oid
Top