Bu suv havzalari doim şubhali maşhurlik manbai bölgan: ularning ba'zilari doim şunday bölgan, boşqalari esa - inson ta'siri natijasida. Har bir suv havzasi öz tabiatiga köra har xil, lekin barçasini bir jihat birlaştirib turadi - ulardan uzoqroq yurgan ma'qul.
Rio-Tinto, Ispaniya

Daryo suvi qizil rangda. Bunga mis va temirning yuqori konsentratsiyasi hamda suv kislotaligi sababdir. Bir neça yuz yillar davomida daryoning yuqori qismida foydali qazilmalar qazib kelinadi, bu daryoning ifloslanişiga olib kelgan. Uning zaharli suvlarida baliqlar yaşamaydi, şu bois qanday issiq bölmasin, bu suv havzasida hatto oyoqlarni ham namlab bölmaydi.
Qaynoq köl, Dominika

Agar bir aybi bölmaganida bu köl termal kurort bölişi mumkin edi: suv havzasidagi suv harorati 82-91,5 daraja issiq. Kölda nafaqat suziş mumkin emas, unga hatto yaqinlaşiş ham taqiqlanadi. Qaynoq havo va vaqti-vaqti bilan özini namoyon qiluvçi lava oqimlari tufayli unda tiriklayin qaynab ketiş heç gap emas.
Çitarum, Indoneziya

Ğarbiy Yava aholisi bu daryoni ham qişloq xöjaligi ehtiyojlariga, ham suv ta'minotiga, ham sanoat va qator boşqa maqsadlar uçun moslaştirib olgan. Daryo atrofida 5 millionga yaqin kişi yaşaydi, ular köp yillar mobaynida suv havzasini haqiqiy yuvindiga aylantirib yuborişgan. Agar daryo suvi tekşirilsa, undan Mendeleyev jadvalidagi barça elementlarni topiş mumkin. Tabiiyki, bunday şaroitda aksariyat elementlar konsentratsiyasi me'yordan bir neça barobar köpdir.
Kivu, Afrika

Suv havzasining bir tekis, köm-kök yuzasi aslida kişilarda aldamçi taassurot uyğotadi. Bu köl sekin ta'sir qiluvçi haqiqiy bombaga qiyoslanadi: suv ostida 250 kilometr kub karbonat angidrid va 65 kilometr kub metan mavjud. Köl vulqon faolligini oşiruvçi va portlaş keltirib çiqarişi mumkin bölgan muntazam ösuvçi rift vodiysida joylaşgan. Sönggi vulqonning otilişi suv havzasidagi suvning qaynaşiga va baliqlarning tiriklayin pişişiga olib kelgan.















