21:12 / 04.05.2017
5824

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi e'lon qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi e'lon qilindi. Tanlovga 2016 yilning 1 iyunidan 2017 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e'lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.

Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma'lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27 iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.

Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Telefonlar: 244-64-61, 244-37-87.
www.journalist.uz

Top