Messi suriyalik bolalar uchun maktab qurdirdi
"Barselona" futbol jamoasi yulduzi Lionel Messi Suriyaning urushdan vayron bo‘lgan shaharlarining birida 1600 nafar bola uchun maktab qurdirdi. Bu haqida u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida ma'lum qildi.
"Leo Messi fondi YUNISEFga oldindan tayyorlangan 20 sinf xonasini Suriyaga o‘rnatishga yordam berdi va shu orqali 1600 bolaning ta'lim olish sharoitini yaxshiladi", - dedi Messi o‘zining Facebook'dagi rasmiy sahifasida.

Manbaga ko‘ra, sinf xonalari barcha zarur jihozlar bilan ta'minlangan, ularga o‘quv muhitini yaxshilash maqsadida quyosh batareyalari o‘rnatilgan.
Bunday maktablarga qatnaydigan o‘quvchilarning 60 foizdan ortig‘i urush natijasida o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan oilalarda yashaydi.
Olti yildan buyon davom etayotgan Suriyadagi urush sabab mamlakatdagi shifoxonalar, maktablar va uylar vayron qilingan.
Ta'kidlash joizki, Messi bundan avval ham Yaqin Sharqdagi xalqaro gumanitar kampaniyalarda ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘shni davlatlardan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
O‘zbekiston | 19:31
-
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi
Jahon | 19:31
-
Eronnning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30
-
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi
Jahon | 19:23
Mavzuga oid

17:29 / 23.06.2025
Suriyadagi AQSh bazasi o‘qqa tutildi

00:11 / 22.06.2025
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

13:36 / 17.06.2025
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

13:24 / 09.06.2025