Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson Rossiya bilan munosabatlar nimadan tiklana boshlashini aytdi
AQSh va Rossiya o‘zaro munosabatlarni Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha birgalikda ishlashdan boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Davlat departamenti xodimlari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Kecha prezident Putin va bizning prezident o‘rtasida o‘tgan muloqotga ko‘ra, biz va mudofaa vaziri Suriya bo‘yicha hamkorlik sohasida birgalikda ishlashimiz va tinchlik jarayoniga o‘tish uchun yetarlicha uzoq davom etadigan o‘t ochishga erisha olishimizni aniqlashtirishda davom etamiz", deb aytdi Tillerson hamda bularning barchasi hali erta bosqichdaligini va "qayerga olib kelishini" bilmasligini ta'kidlab o‘tdi.
Tillersonning aytishicha, Moskva va Vashington "spiral bo‘yicha pastga sho‘ng‘iyotgan" munosabatlarni barqarorlashtirishlari kerak.
2 may kechki payt Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilishgandi. Ular muloqot davomida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish istiqbollari, jumladan Suriyada xavfsizlik zonasini yaratishni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
10:02 / 13.06.2026