Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda YeI bilan hamkorlikda Savdo va investitsiya bo‘yicha Kengash tashkil etilishi mumkin
Foto: Kun.uz
2017 yil 4 may kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari ishtirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda YeI O‘zbekistondagi elchisi Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.
Ayni damda YeI O‘zbekiston bilan Savdo va investitsiya bo‘yicha Kengash tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur kengashda nafaqat davlatning rasmiy vakilllari, balki o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagida bo‘lgan O‘zbekistonlik tadbirkorlar hamda yevropa firmalari va kompaniyalari ham bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni Yevropa bozoriga to‘siqlarsiz kirib borishini ta'minlash maqsadida eksport sohasini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, 2016 yilda Yevropa Parlamenti "to‘qimachilik protokoli" deb ataluvchi hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Mazkur hujjat YeIga olib kiriladigan o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlari uchun bojxona majburiyatlarini kamaytiradi.
Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga YeI mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini erkin savdo qilishlariga imkon beradi.
Mavzuga oid
20:02 / 08.04.2026
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026