Jahon | 11:35 / 05.05.2017
5295
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Nitstsadagi hujum kabi teraktlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: Reuters

AQSh transportdagi xavfsizlik ma'muriyati o‘z maqsadiga erishish uchun transport vositalarini jalb etuvchi terrorchilar hujumi tahdidi haqida ogohlantirdi. Idora o‘tgan yili Nitstsada yuz bergan va 86 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan fojiani misol qilib keltirgan.

Ma'muriyatning fikricha, bunday hujumlar “u qadar murakkab emas”, sababi minimal tayyogarlikni talab qiladi. Ta'kidlanishicha, terrorchilar uchun “yaxshi nishonga” ko‘plab insonlarni o‘ziga jalb etuvchi voqea va hodisalar aylanishi mumkin.

Idora hisobotida aytilishicha, terrorchilar 2014-2017 yillar davomida transport vositalaridan foydalangan holda 17 ta hujumni amalga oshirgan, natijada 173 inson halok bo‘ldi, 667 nafari jarohat oldi.

Yevropada o‘tgan yarim yilning o‘zida transport vositalari yordamida bir necha teraktlar amalga oshirildi: Londonda hujum oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, Stokholmda – besh, Berlinda esa – 12 nafar. Bunday hujumlardan eng yirigi o‘tgan yilning yozida Nitstsada yuz bergandi – o‘shanda 86 inson halok bo‘ldi va 434 kishi jarohat oldi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid