12:18 / 05.05.2017
21527

Agrobankdan yangi qulaylik: Yo‘l haqini zamonaviy usulda to‘lash imkoni paydo bo‘ldi

Joriy yilning 10 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Agrobank O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda avtotransport xizmatlari bilan ta'minlash sohasini yanada rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarda aholiga avtotransport xizmatlari ko‘rsatish, yo‘lovchilar tashishni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ya'ni NFC (Near Field Communication) masofadan to‘lash xizmati joriy etildi. Dastlab bu xizmatdan Andijon viloyati aholisi bahramand bo‘la boshladi.

Endilikda viloyat aholisi va mehmonlari yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarida yo‘l haqini naqd pulsiz amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun maxsus shoxobchalar, avtobekat yoki bank muassasalaridan ma'lum haq evaziga NFC tizimida ishlovchi plastik karta sotib olishlari lozim. Ushbu kartalar hisobini bank plastik karta, mobil ilova yoki naqd pul orqali onlayn tartibda to‘ldirish mumkin (NFC kartasining afzalligi shundan iboratki, kartadan butun oila azolari foydalanishi mumkin. Yo‘l haqi shahar yo‘nalishlarida bir xil belgilangan).

 

Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminal (validator)ga yaqinlashtirish orqali kartadagi pul mablag‘ini avtomatik yechib oladi. To‘lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta (chek) beriladi. Busiz yo‘l haqi to‘lanmagan hisoblanadi.

Yaratilgan qulaylik aholining vaqtini tejash bilan birga zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Endilikda navbatdagi viloyatda joriy etish ishlari boshlab yuborildi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni bankning joylardagi filiallaridan yoki “agrobank.uz”sayti orqali olishingiz mumkin.

Tez orada Agrobankdan yanada ko‘proq yangi imkoniyat va imtiyozlar faqat Siz uchun! Biz bilan birga bo‘ling!!!

Reklama huquqi asosida

Top