Jamiyat | 20:04 / 05.05.2017
12032
2 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya agentligi Sankt-Peterburgga ko‘proq mehnat migrantlarini yuboradi

2017 yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi rahbari A.Abduhakimov Sankt-Peterburgning “Mehnat resurslari markazi” direktori Aleksey Chistyakov va uning maslahatchisi Valeriy Shinkarenkoni qabul qildi. 

Uchrashuv davomida tomonlar Samarqand shahrida Migratsiya agentligi bilan hamkorlikdagi Rossiyaga mehnat migrantlarini qabul qilish, tayyorlash va jo‘natish bo‘yicha Markaz ta'sis etish masalasini muhokama etishdi.

Vazirning ta'kidlashicha, ushbu Markaz xalqaro standartlarga mos kelishi kerak. A.Abduhakimovning aytishicha, Markazda sug‘urta qilish, testdan o‘tkazish, tibbiy ko‘rik va patent xizmatlariga erkin konvertatsiyada bo‘lgan valyuta (AQSh dollari)da to‘lov amalga oshiriladi. U yerda O‘zbekistonning yirik banki filiali ochiladi, u online rejimda mablag‘larni kerakli joyga o‘tkazib beradi.

Uchrashuv yakunida Migratsiya agentligi va Sankt-Peterburgdagi “Mehnat resurslari markazi” o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Sankt-Peterburg shahri hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun tashkiliy qabul qilish bo‘yicha Kelishuv imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid