Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Hillari Klinton Trampga qarshi siyosiy guruh tuzmoqchi
Foto: politico.com
AQSh prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodi bo‘lgan Hillari Klinton kelgusi haftada amaldagi prezident Donald Tramp siyosatiga qarshilik qiluvchi yangi siyosiy guruh tuzmoqchi. Bu haqida payshanba kuni Politico gazetasi sobiq bosh kotib rejalaridan boxabar manbalariga asoslanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Klinton yaqin haftalar ichida Vashington, Nyu-York va Chappakvada (Nyu-York shtati) bo‘ladi va u yerlarda yangi tuzilmaga investitsiya jalb qilish uchun donorlar va salohiyatli tarafdorlari bilan uchrashadi.
Shuningdek u mazkur uchrashuvlar davomida yangi siyosiy guruh rahbarligiga munosib nomzod topishni rejalashtirmoqda. Bunda moliyaviy vositalarni jalb qilish masalalariga Klintonning sobiq o‘rinbosari Judit Makkeyl mas'ul.
Gazeta manbalari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yangi tuzilma "Birgalikda olg‘a" (Onward Together) nomini oladi. Klintonlarning rejasiga oid boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.
Mavzuga oid
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
20:02 / 17.02.2026
«G‘arbga xiyonat qildi». Hillari Klinton Trampning siyosatini keskin tanqid qildi
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
23:34 / 27.09.2023