Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada namoyishlar tufayli bir oy ichida 35 kishi halok bo‘ldi
yenesuelada 4 aprel kuni boshlangan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi, yana 717 nafari jarohat oldi. Bu haqda mamlakat prokuraturasi payshanba kuni xabar bergan.
Eng ko‘p inson – 18 kishi – poytaxt Karakasda halok bo‘ldi, olti nafari – Karabobo shtatida, besh nafari – Larada, ikki nafari – Merida va Mirandada, bir nafardan – Barinas va Tachira shtatlarida hayotdan ko‘z yumgan. Ular orasida – to‘rt nafar o‘spirin, shuningdek bir nafar milliy gvardiyachi va bir politsiyachi bor, deya ta'kidlaydi Universal portali.
Venesuela prokuraturasining qayd etishicha, hozirda bu holatlar bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda, unda ekspert-kriminalistlar va ballistika sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda norozilik namoyishlari Oliy sud muxolif Milliy assambleya vakolatlarini jiddiy cheklab qo‘yganidan so‘ng boshlandi. Qaror bekor qilindi, biroq muxolifat vakillari ko‘chaga sud a'zolari iste'fosi va navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni talab qilib chiqishdi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026