Jamiyat | 20:16 / 06.05.2017
35231
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazida yangi ovqatlanish majmuasi - AZURA PARK ochildi

5 may kuni Toshkentning qoq markazida yangi ovqatlanish majmuasi – “AZURA PARK” o‘z ishini boshladi. Mazkur kafening tantanali ochilish marosimida barcha mehmonlarga o‘zbek milliy taomlarining “qiroli” bo‘lmish palov oshi tarqatildi. 

Shuningdek, 20dan ortiq orkestr milliy cholg‘u ansambli ijrosida durdona asarlar yangradi. 

Kafega tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida esa qiziqarli tanlov o‘tkazildi. Shartga ko‘ra, mehmonlar orasida eng chiroyli raqsga tushgan qizlarning uch nafari tanlab olindi. 

G‘oliblarga esa kafe ma'muriyati tomonidan bepul tushlik qilish imkoni berildi. 

Bu maskan bejizga AZURA PARK deb nomlanmaydi. Sababi, siz kafeda o‘zingiz istagan menyuni, shirinliklarni topib, vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz uchun barcha sharoitlar muhayyo. 

Kafening yana bir afzal jihati – ochiq havo qo‘ynida tamaddi qilishni xush ko‘ruvchilar uchun favvoralar yonida tashqi oshxona ham mavjud. 

Nega aynan AZURA PARK? Uning boshqalardan ajralib turuvchi 5 jihatini sanab o‘tamiz: 

1. Bu yerda siz nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ko‘nglingiz tusagan barcha taom va yeguliklarni topa olasiz. Ayniqsa, mazali turkcha kaboblar bosh oshpaz tomonidan ko‘z oldingizda tayyorlanadi.

2. Farzandlari bilan tashrif buyurgan oilalarga maxsus bolalar maydonchasi ham tashkil qilingan. U yerda bolalarning barcha sevimli o‘yinlari - quvnoq arg‘imchoqlar, o‘yin maydonchalari, kemali hovuz, mini-mashinalar va boshqa ko‘ngilochar o‘yinlarni topish mumkin.

3. AZURA PARK nafaqat o‘zining milliy, uyg‘ur va turk taomlari, balki, mazali pitssa, muzqaymoq, Ice Rolls (o‘ramli muzqaymoq), desertlar, yaxna sharbatlar va ichimliklar bilan ham kelganlarni xushnud etadi. 

4. Shuningdek, kafe hovlisiga katta ekranli TV o‘rnatilgan. Yoz oyida ochiq osmon ostida do‘stlar bilan miriqib futbol tomosha qilish imkoni mavjud.

5. Eng asosiysi, ovqatlanish majmuasi Toshkentning markazi, Oloy bozorining kirish qismida joylashgan. Bu esa yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar uchun ham juda qulay.

Kafeda Turkiyadan kelgan mahoratli oshpaz – Eral tomonidan asl turkcha taomlar tayyorlanadi. 40 yildan buyon oshpazlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Eral og‘a sizlarga eng mazali kaboblarni ko‘z oldingizda pishirib beradi. 

Shuningdek, kafeda yetkazib berish xizmati ham bor. Siz poytaxtning istalgan manzilidan Bringo orqali buyurtma berishingiz mumkin. 

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi
Mo‘ljal: Oloy bozorining bosh kirish qismi
Telefon: +998951935522
Instagram: www.instagram.com/azura_park
Facebook: www.facebook.com/azura.park.1

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid