Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Useyn Bolt futbolchi bo‘lishga yaqin turibdi
Sakkiz karra olimpiya chempioni, sprinter Useyn Bolt o‘zini professional futbolda sinab ko‘rmoqchi, deb xabar bermoqda «Sovetskiy sport».
«Men dunyodagi eng yaxshi 50 nafar futbolchidan biri bo‘lmoqchiman. Bir mavsumda kamida 20 ta to‘p uradigan hujumchi bo‘lish istagidaman.
Sportning bu turini yaxshi ko‘raman, hamda bunday fikr menda avvaldan paydo bo‘lgandi. So‘nggi bir necha oy davomida klublar bilan gaplashdim, biroq bu borada hali aniq hech narsa yo‘q. Ko‘ramiz, nima yuz beradi.
Futbol jismoniy jihatdan juda og‘ir sport turi, men esa yosh emasman, biroq fikrimcha, to‘rt yil davomida yaxshi o‘ynab berishim mumkin», - deya aytib o‘tdi Bolt So Foot Magazine’ga bergan intervyusida.
Avvalroq, yamaykalik mashhur sprinter Dortmundning «Borussiya» jamoasi bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
12:15 / 01.02.2025