Jahon | 15:31 / 06.05.2017
7987
1 daqiqa o‘qiladi

Vashingtonda Gulen ekstraditsiyasi muhokama qilinadi

Foto: AP

Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ 8 may, dushanba kuni Vashingtonda AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns bilan uchrashadi. Muhokama mavzusi FETÖ ("Parallel davlat") terrorchi oqimi rahbari Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasi bo‘ladi. Bu haqda "Anadolu"da xabar berildi

Adliya vazirligi rahbarining AQShga tashrifi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 15-17 may kunlariga rejalashtirgan tashrifi arafasida bo‘lib o‘tadi. 

Bo‘zdog‘ Seshnsni Gulen jinoiy faoliyatining to‘rt yangi dalili bilan tanishtiradi.

Bundan tashqari, turk vaziri hamkasbiga 2016 yilning 10 sentabrida Anqaraning hozirda Pensilvaniya shtatida yashab kelayotgan terrorchilar rahbarining vaqtinchalik qo‘lga olish bo‘yicha rasmiy murojaati haqida eslatib qo‘yadi.

Adliya vaziri 9 may kuni Turkiyaga qaytadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid