Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 15 yildan keyin to‘liq elektromobillarga o‘tish rejalashtirilmoqda
Foto: Aijaz Rahi / Associated Press
Hindistonda mamlakatning elektromobillarga o‘tkazilishi rejasi tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi mamlakat bosh vaziri Narendro Modi tomondan boshqariluvchi, Hindiston o‘zgartirishlar milliy instituti ishlab chiqayotgan loyihaning xomaki versiyasi bilan tanishib chiqdi. Hujjatda 15 yillik reja bo‘lib, uning amalga oshirilishi joriy yildayoq boshlanishi kerak. Reja 2032 yilgacha oddiy avtomobillardan to‘liq voz kechishni nazarda tutadi.
Loyihada, shuningdek elektromobillarni xarid qilishga soliqlar va kredit foizlarini hamda taksoparklar uchun elektr energiya uchun to‘lovni kamaytirish, uglevodorod yonilg‘ida ishlovchi mashinalar savdosini cheklash va ular sotuvidan olinadigan soliqlarni mashinalarning quvvatlash stansiyalari tarmoqlarini qurishga yo‘naltirish taklif qilingan.
Rejaga ko‘ra, 2018 yilda Hindistonda akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi davlat fabrikasi ishga tushishi va batareyalarni ayirboshlash punktlari ochilishi kerak. Reja mualliflari elektromobillar va oddiy avtomobillar narxi 2025 yilga kelib subsidiyalar, shuningdek hukumat tomondan ko‘riladigan boshqa choralar hisobiga tenglashishini taxmin qilmoqdalar.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026