Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo taraqqiyot banki Ozarboyjondagi gaz koni loyihasi uchun 500 mln dollar ajratdi
Foto: AP Photo/Hektor Pustina
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Ozarboyjonning Kaspiy dengizidagi sektorida joylashgan gaz-kondensat koni "Shaxdeniz"ni o‘zlashtirish loyihasini qo‘llab-quvvatlashga 500 mln dollar ajratdi. Tegishli shartnoma va kafolat kelishuvi 7 may kuni "Janubiy gaz yo‘lagi" YoAJ va OTB tomonidan bank boshqaruv kengashining Yaponiyaning Iokogama shahrida o‘tgan har yillik yig‘ilishida imzolandi. Bu haqda Ozarboyjon moliya vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
1,2 trln kub metr gaz zaxiralariga ega ushbu kon hozirda yaratilayotgan "Janubiy gaz yo‘lagi" gaz-transport tizimi orqali Yevropa bozoriga uglevodorodlar yetkazib beruvchi asosiy manba hisoblanadi.
Qiymati 40 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan Janubiy gaz yo‘lagi Bokudan Gruziya, Turkiya, Gretsiya, Albaniya hududlari orqali Italiya janubigacha 3 ming km gacha cho‘ziladi. Uning asosiy segmentlari Janubiy Kavkaz quvuri, Transanatoliya (TANAP) va Transadriatika (TAP) gaz quvurlari hisoblanadi. Bu yo‘lak bo‘ylab gaz yetkazib berilishi 2019-2020 yillarda boshlanishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda yo‘lak orqali yiliga 16 mlrd: Turkiyaga 6 mlrd, Yevropaga 10 mlrd kub metr gaz yetkazib berish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026