Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
Rossiya va Ozarboyjon 2024 yil dekabr oyida AZAL samolyoti halokati bilan bog‘liq barcha masalalarni to‘liq hal qildi.
Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ozarboyjonlik hamkasbi Jayxun Bayramov bilan uchrashuvda aytdi, deb xabar berdi TASS.
«Joriy yilda oliy darajada erishilgan kelishuvlar va hukumatlarimiz, vazirliklarimiz faoliyati tufayli falokat oqibatlari bilan bog‘liq barcha masalalar hal etildi», dedi Lavrov.
Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer E190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi omon qoldi.
Samolyot Ukraina dronlarining Kavkaz mintaqalariga hujumi paytida Grozniyga qo‘nolmagan va Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga parvoz qilgan edi. Halokatdan so‘ng, uning fyuzelajida ko‘plab o‘q izlari topildi.
Hodisa Moskva va Boku munosabatlarida inqirozga sabab bo‘ldi. Shu jumladan, Ozarboyjon Rossiyadan avariya uchun javobgarlikni tan olishni talab qilgani uchun ham.
Vladimir Putin faqat 2025 yil oktabr oyida AZAL samolyoti Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan zarbaga uchraganini tan oldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda u halokatga Rossiya havo mudofaasining «texnik nosozligi» sabab bo‘lganini, otilgan ikkita raketa esa «samolyotga bevosita tegmaganini», balki o‘n metr narida portlaganini aytdi.
2026 yil aprel oyida Moskva va Boku kompensatsiya to‘lash bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026